«Manchester Yunayted» «Sporting» vingerini ko‘zladi
«Manchester Yunayted» Ruben Amorimni klubga bosh murabbiy etib tayinlangach, «Sporting» futbolchisiga qiziqish bildirmoqda.
"A Bola" xabariga ko‘ra, Antoni o‘rniga 17 yoshli portugaliyalik Jovanni Kenda varianti ko‘rilmoqda. Qayd etilishicha, yosh iqtidor egasining shartnomasida yuz million yevroga teng tovon puli belgilangan, shu bois futbolchini arzonga sotib olish juda mushkul ish.
Joriy mavsumda Kenda Amorim boshchiligida «Sporting» safida 15 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Jovannining Portugaliya klubi bilan shartnomasi 2027 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.