"MYU" Amorim uchun "Sporting"ga 10 million yevro to‘lashga tayyor
"Manchester Yunayted" Ruben Amorimni bosh murabbiy etib tayinlamoqchi.
"Manchester Yunayted" bugun Erik Ten Xagni iste’foga chiqardi. Jamoa APLda 14-o‘rinni egallab turibdi.
The Athletic nashri jurnalisti David Ornshteyn xabariga ko‘ra, "mankunianliklar" "Sporting" klubi ustozini olib kelish ustida ishlamoqda. 39 yoshli mutaxassisning o‘zi ingliz klubini boshqarishga tayyor.
"Manchester Yunayted" Amorimning shartnomasida ko‘rsatilgan 10 million yevro tovon pulini to‘lashga tayyor. U kelguniga qadar jamoani vaqtincha Rud van Nistelroy boshqaradi.