Yamal "Oltin to‘p"da ham rekord urib qo‘ydi
"Oltin to‘p" mukofoti tashkilotchilari allaqachon ovoz berishda 11-29-o‘rinlarni egallagan futbolchilar nomini e’lon qilishdi. Bu futbolchilar ro‘yxatida "Barselona" vingeri Lamin Yamal yo‘q edi.
Shu tariqa, iqtidorli futbolchi kuchli 10talikka kirdi. Yamal "Oltin to‘p" mukofotining kuchli o‘ntaligiga kirgan eng yosh futbolchi bo‘ldi.
Stats Foot portali xabariga ko‘ra, Lamin bu muvaffaqiyatga 17 yoshu 107 kunligida erishgan. Avvalroq “Oltin to‘p”ning kuchli o‘ntaligiga kirgan eng yosh futbolchi Kilian Mbappe (18 yoshu 352 kun) bo‘lgandi. Lamin Yamalning aniq o‘rni birozdan keyin ma’lum bo‘ladi.