Kubarsi: "Yamal "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishga qodir"
"Barselona" markaziy himoyachisi Pau Kubarsi jamoadoshi Lamin Yamalning istiqbollari haqida gapirdi.
17 yoshli vinger bu yilgi “Oltin to‘p”ga da’vogarlar qatorida edi, biroq ovoz berishda sakkizinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, 17 yoshda bo‘lgan Kubarsining so‘zlariga ko‘ra, Yamal yaqin orada nufuzli individual mukofotni qo‘lga kiritishi mumkin.
"Lamin "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishga qodir. Endi u hammaning e’tiborida, lekin men uni anchadan beri bilaman.
U bu maqsadga erishish uchun zarur ko‘nikmalarga ega”, dedi Kubarsi.