"Atletiko" 36 yoshli futbolchisiga yangi shartnoma taklif qilmaydi
Aksel Vitsel mavsum oxirida "Atletiko"ni tark etishi mumkin.
Madrid klubi yarim himoyachi bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormayapti va u bilan shartnomani uzaytirishi dargumon.
Yanvar oyida belgiyalik futbolchi 36 yoshga to‘ladi, "Atletiko" manbaga ko‘ra, tarkibni yoshartirish va ish haqi fondini kamaytirish niyatida.
Joriy mavsumda La Ligada futbolchi 8 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.