Yamal: "Hammaga rahmat aytmoqchiman"
Lamin Yamal France Football nashrining eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan sovrin haqida gapirdi.
"Ushbu mukofotni olish men uchun sharafdir. Menga doim yordam bergan onam, dadam va buvimga rahmat aytmoqchiman. Murabbiylarim, terma jamoa, “Barselona”, Luis de la Fuyente, Xavini ham alohida ta’kidlab o‘tmoqchiman. Yashasin "Barselona"!
Barcha hamkorlarimga katta rahmat. Yangi muvaffaqiyatlarni kutaman.
Menga Ronaldo eng yosh “Oltin to‘p” sohibi bo‘lib qolayotganini aytishdi, u kabi martabaga ega bo‘lish ajoyib bo‘lardi”, dedi “Barselona”ning 17 yoshli vingeri.
Ronaldo mukofotni 1997 yilda olgan. O‘shanda u 21 yoshda edi.