Rodri turmush o‘rtog‘iga rahmat aytdi
"Manchester Siti" va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Rodri Ernandes Parijdagi marosimda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgandan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Men xotinim Lauraga rahmat aytmoqchiman. U men uchun juda muhim inson. Bugun bizning yubileyimiz. Ko‘pchilik menga bugun futbol g‘alaba qozondi, deb aytishdi", dedi ispaniyalik futbolchi sovrinni qo‘lga kiritgandan so‘ng.