Rodri 2008 yilda Ronaldudan keyin birinchi marta APLda "Oltin to‘p" sohibi bo‘ldi
28 oktyabr, dushanba kuni Parijda "Oltin to‘p"ni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Bu yil sovrinni "Manchester Siti" va Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri qo‘lga kiritdi. "Shaharliklar" tarkibida Rodri Premyer-liga chempioniga aylandi va Ispaniya terma jamoasi tarkibida Yevro-2024da g‘alaba qozondi.
Shu tariqa, Rodri Krishtianu Ronaldudan keyin Premyer-ligadagi ilk "Oltin to‘p" sohibiga aylandi. "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilgan portugaliyalik futbolchi 2008 yilda mukofotlangan edi.