Olmo: "Bu safar ispan futboli yutdi"
"Barselona" klubi xavbeki Dani Olmo "Oltin to‘p" natijalari haqida fikr bildirdi. Bu yilgi nufuzli sovrinni Ispaniya va "Manchester Siti" terma jamoasi yarim himoyachisi Rodri Ernandes qo‘lga kiritdi.
"Rodri bir necha yilni yuqori saviyada o‘tkazdi. Bu yillarning eng cho‘qqisi Yevro-2024 g‘alabasi bo‘ldi. U bu mukofotga loyiq edi. Boshqa munosib nomzodlar ham bor edi, masalan, Dani Karvaxal. Bu safar Ispaniya futboli g‘alaba qozondi," - dedi Olmo.