"Yuventus" "Bolonya" markaziy himoyachisi Lukumiga e’tibor qaratmoqda
"Bolonya" markaziy himoyachisi Jon Lukumi "Yuventus"ning qiziqish doirasiga kirdi.
Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, Turin klubi futbolchini kuzatmoqda. "Yuventus" bosh murabbiyi Tiago Motta Lukumining imkoniyatlarini biladi va uni "Bolonya"dagi hamkorlik davridanoq qadrlaydi.
Jon "Genk"dan 8 million yevro evaziga o‘tganidan keyin 2022 yilning avgustidan beri "Bolonya"da o‘ynamoqda. Bu mavsumda u klub safida 12 ta o‘yinda 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.