Diallo: «Birgina pozisiyada qotib qolish yaramaydi»
«Manchester Yunayted» vingeri Amad Diallo so‘nggi o‘yinlarda Ruben Amorim tomonidan qo‘llanilgan lateral pozisiyasida o‘zini qulay his qilayotganini aytdi.
«Birgina pozisiyada qotib qolish yaramaydi, ba’zan himoyada, ba’zan hujumda o‘ynashga to‘g‘ri keladi. Men har qanday vaziyatda ham jamoaga foyda keltirishga tayyorman. Men uchun hech qanday muammo yo‘q, agar men vinger sifatida o‘ynashim kerak bo‘lsa, o‘ynayman, agar o‘nlik pozisiyasidan chiqishim kerak bo‘lsa, chiqaman, istalgan joyda o‘ynashim mumkin. Men bosh murabbiyga aytganimdek, agar u meni darvozada ko‘rsa, men tayyorman», - dedi Diallo.
Ertaga, 4 dekabr kuni «Manchester Yunayted» safarda «Arsenal»ga qarshi maydonga tushadi.