Amorim «Manchester Yunayted»dagi ehtimoliy omadsizlik haqida gapirdi
«Manchester Yunayted»ning bosh murabbiyi Ruben Amorim bunday ulkan klubda ishlashning o‘ziga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida fikr bildirdi. Portugaliyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda ham u o‘zini o‘nglay oladi.
«Men o‘zimni yaxshi his qilaman. Hayotimning hozirgi bosqichida, nima bo‘lishidan qat’i nazar, men o‘zimni yaxshi his qilaman, shuning uchun xotirjamman. Hamma menga: «Bu seni o‘zgartirib yuboradi» deydi. Ammo bu meni o‘zgartirmaydi. Agar biror narsa yuz bersa, ma’lum vaqt xafa bo‘laman, lekin o‘zimni tiklashimni bilaman. Ayni paytda, biz muvaffaqiyatga erishamiz deb ishonaman.
Men tayyorman. «Sporting»dagi o‘yinchilarimni qoldirib ketish men uchun qiyin bo‘ldi, lekin bunday imkoniyat paydo bo‘lganda, buni qilishim kerakligini his qildim. Balki bu taqdirdir», - dedi Amorim.