Kompani «Borussiya D»ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirdi
«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Bundesliganing 12-turida Dortmundning «Borussiya»siga qarshi o‘yindan kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi.
«Bizda juda muhim o‘yin bo‘ladi. Bu nafaqat «Borussiya D» balki biz uchun ham mavsumdagi eng muhim o‘yin. Raqibni hurmat qilish muhim. Bu alohida o‘yin va biz uni intiqlik bilan kutamiz.
Bunday o‘yinlarni butun dunyo tomosha qiladi. Odatda bunday o‘yinlar ajoyib bo‘ladi. Agar bu matchda nimadir sodir bo‘lsa, xursandman. Bundan tashqari, o‘yin emosional bo‘lishi mumkin», - dedi Kompani.
O‘yin 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Start hushtagi soat 21.30 ga belgilangan.