Noyer tanaffusda Kompani futbolchilarga nima deganini aytdi
Myunxenning “Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyer bosh murabbiy Vensan Kompani Dortmundning “Borussiya”siga (1:1) qarshi o‘yindagi tanaffusdagi xatti-harakatlari haqida gapirdi.
"U diqqatini jamladi va biz nimani yaxshilashimiz kerakligini tushuntirdi. Kompani baqirmadi, so‘kinmadi, u shunchaki tahlil qildi", - deya Noyerning so‘zlarini keltiradi BILD.
Ta’kidlanishicha, nafaqat o‘yindan keyin, balki uchrashuv vaqtida ham chuqur tahlil olib boruvchi Kompanining tanaffusdagi xatti-harakatlari futbolchilarga yoqadi.