Sebalos: "Biya juda yaxshi o‘ynadik"
"Real" yarim himoyachisi Dani Sebalos "Xetafe" ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0) haqida fikr bildirdi.
"Birinchi daqiqadan oxirgi daqiqagacha biz tomonimizdan juda yaxshi o‘yin bo‘ldi. "Xetafe" zich o‘ynaydi, kam gol o‘tkazib yuboradi, past blokda yaxshi himoyalanadi, ammo biz yaxshi ritm o‘rnatdik, shu tufayli xavfli daqiqalarni yaratdik.
Turnir jadvali? Birinchi bo‘lishning yagona imkoniyati bu har bir o‘yinda uchta ochko olish, biz buni qilamiz. Chorshanba kuni bizni yana bir qiyin o‘yin kutmoqda, umid qilamanki, biz g‘alaba qozonamiz", - deya ispaniyalikning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.
4 dekabr, chorshanba kuni Madridning “Real” klubi Bilbaoga safar qiladi va u yerda “Atletik”ka qarshi o‘ynaydi.