Yamal navbatdagi nufuzli mukofotni qo‘lga kiritganidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Lamin Yamal Yevropaning eng yaxshi yosh futbolchisiga beriladigan mukofot haqida gapirdi.
"Bunday sovrinni qo‘lga kiritish men uchun katta sharaf. Men juda xursandman, orzum ushaldi. Albatta, "Barselona"dagi ham, Ispaniya terma jamoasidagi jamoadoshlarimni ham alohida aytib o‘tishim kerak. Bu aql bovar qilmaydigan tarzda yakunlanayotgan aql bovar qilmaydigan yil bo‘ldi", - deydi Yamal.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" futbolchisi so‘nggi to‘rt yilda uchinchi bor ushbu sovrinni qo‘lga kiritmoqda.