Nagelsmann Germaniya bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann va Germaniya futbol ittifoqi shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Manbaga ko‘ra, tomonlar kelishuvni 2 yilga uzaytirishni muhokama qilmoqda. Joriy shartnoma 2026 yilgacha mo‘ljallangan.
Murabbiyning o‘zi bu g‘oyaga qarshi emasligi ta’kidlandi. Germaniya futbol ittifoqi sport direktori Rudi Fyoller avvalroq Yulianni shartnomani uzaytirishga ko‘ndirish istagini bildirgan edi.
37 yoshli Nagelsmann 2023 yil 22 sentyabr kuni Germaniya terma jamoasini qabul qilib olgandi.