"Lill" top-klublar da’vogarlik qilayotgan Devid borasida bir qarorga keldi
Hujumchi Jonatan Devid "Lill"dagi so‘nggi mavsumini o‘tkazmoqda.
Kanadalik futbolchi 2025 yilning yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirmaslikka qaror qildi. Yevropa futbolining ko‘plab gigantlari futbolchini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor, shuningdek, yanvar oyidagi transfer oynasida forvardning ehtimoliy transferi haqida ham gapirilgan.
"Lill" prezidenti Olive Letangning so‘zlariga ko‘ra, futbolchi qishda sotilmaydi: "Jonatan Devid yanvarda klubimizni tark etmaydi".
24 yoshli futbolchiga "Barselona", "Arsenal", "Inter" va "Yuventus" klublari qiziqish bildirmoqda.