Premyer-liga gigantlari Liga 1 yulduzini kuzatishda davom etyapti
"Manchester Yunayted" "Arsenal" va "Liverpul" "Lill"ning kanadalik markaziy hujumchisi Jonatan Devid uchun kurashga qo‘shildi, deya xabar beradi Todofichajes.
"Qizil iblislar" hujumni kuchaytirishga intilmoqda va Devidni tekin transfer varianti sifatida ko‘rmoqda. Kelasi yozda kanadalik mehnat shartnomasi muddati tugashi sababli erkin agentga aylanadi.
Qishki transfer oynasidayoq futbolchi yangi klubi bilan potensial shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib borish huquqiga ega. Corriere dello Sport xabariga ko‘ra, "Yuventus" ham vaziyatni kuzatib bormoqda.
Jonatan Devid “Lill” safida 201 o‘yin o‘tkazgan. Ularda 97 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.