Xyutter: "Ben-Segir uyg‘onishimizga imkon berdi"
Adi Xyutter Liga 1da "Strasburg" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (3:1) Ben-Segirning dubli haqida gapirdi.
"Tanaffus vaqtida Ben-Segirni markazga ko‘chirishga qaror qildim. Bu pozisiya unga tanish. Aynan uning o‘yini jamoaning ikkinchi bo‘limda uyg‘onishimizga imkon berdi.
Futbolchilar biroz tushkunlikka tushib, birinchi bo‘limni qanday o‘tkazganimizdan norozi bo‘lishdi. To‘lqinni burish uchun hali 45 daqiqa vaqtimiz borligini yigitlarga aytdim", - dedi "Monako" ustozi.