"Monako" ustozi Golovinning yangi mavsumdagi o‘yini haqida gapirdi
"Monako" bosh murabbiyi Adi Xyutter klubning rossiyalik yarim himoyachisi Aleksandr Golovin haqida gapirdi.
"Uning mavsum boshida qiyinchiliklarga duch kelishining asosiy sababi, mavsumoldi jarohati bo‘lishi mumkin, ammo u o‘zining eng yaxshi formasiga qaytish uchun kurashmoqda.
Hozir biz tez-tez hujumdagi muammolar haqida gapiramiz, lekin men xursandman, chunki bizda hali “PSJ” bilan bir xil ochkolar bor. Ayrim o‘yinchilar hozir eng yaxshi formada emas, mening vazifam ularning formaga qaytishiga ishonch hosil qilishdir", - deya Xyutterning so‘zlarini keltiradi "Monako" rasmiy sayti.
Joriy mavsumda Golovin barcha turnirlarda sakkizta o‘yinda qatnashdi va samarali bo‘lmadi.