"Bolonya"ning sobiq futbolchisi Golovinni "PSJ"ga chorladi
"Bolonya"ning sobiq futbolchisi Igor Kolivanov "Monako" yarim himoyachisi Aleksandr Golovinning "PSJ"ga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi.
"Golovin "PSJ"ga albatta yordam berishi mumkin. U "Monako"ning yetakchisi. So‘nggi yillarda Aleksandr ancha yaxshilandi", - deya Kolivanovning so‘zlarini keltiradi "RB Sport".
Mutaxassisning fikricha, Golovin faoliyatidagi navbatdagi qadamni tashlashga tayyor.