Devid yanvar oyidayoq APLga ko‘chib o‘tishi mumkin
«Lill» hujumchisi Jonatan Devid faoliyatini Angliyada davom ettirish imkoniyatiga ega.
24 yoshli futbolchining «itlar» bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi va ko‘plab top-klublar uni erkin agent sifatida qo‘lga kiritish haqida jiddiy o‘ylashmoqda. Ayni paytda, "Football Insider" xabariga ko‘ra, «Nyukasl» kanadalik futbolchini yanvarda taklif qilishga tayyor. «Qarg‘alar» Liga 1 yulduzini «Lill» bilan shartnomasi muddati tugashiga olti oy qolganda sezilarli darajada arzonlashtirilgan narxda sotib olishga umid qilmoqda.
Jonatan Devid ushbu mavsumda 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.