Nagelsmann Germaniya terma jamoasining Bosniya bilan o‘yindagi harakatlariga yuqori baho berdi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Millatlar ligasidan o‘rin olgan Bosniya va Gersegovinaga (2:1) qarshi o‘yin natijalarini sarhisob qildi.
"Biz o‘yinni unchalik yaxshi boshlamadik - to‘pni bir tomonda juda uzoq ushlab turdik. Buni to‘g‘irlab, ancha yaxshi o‘ynadik va ustunlik qila boshladik. Ustunlik darajasini hisobga olsak, ko‘proq gol urish mumkin edi. O‘tkazib yuborilgan golga kelsak, Jeko o‘zini jarima maydonchamizda bu qadar erkin his etmasligi kerak edi. Shundan so‘ng biz nazoratni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldik", dedi Nagelsmann RTL telekanaliga bergan intervyusida.