Nagelsmann kelajakdagi rejalari haqida gapirdi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann kelgusidagi rejalari haqida gapirdi.
Mutaxassisning amaldagi shartnomasi 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin tugaydi, biroq Germaniya futbol assosiasiyasi shartnomani uzaytirmoqchi.
«Ishlashni boshlaganingizda, sizda qandaydir ishonch paydo bo‘ladi. Biz Yevroni yaxshi o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldik va futbol nuqtai nazaridan ko‘p narsaga erishdik. 2026 yildan keyin ham hamkorlikni davom ettiramizmi yoki yo‘qmi, hozircha bilmayman, lekin men bu lavozimda o‘zimni juda qulay his qilyapman», - deya o‘tgan yilning sentyabridan beri Germaniya terma jamoasini boshqarib kelayotgan Nagelsmanning so‘zlaridan iqtibos keltiradi "Bayern & Germany".