De Bryuyne, Grilish, Stounz va Akanji "Manchester Siti" umumiy guruhida mashg‘ulotlarga qaytishdi
"Manchester Siti"ning bir qator futbolchilari klub futboli boshlanishidan oldin umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytishdi, deb xabar berdi Fabrisio Romano.
Gap hujumkor yarim himoyachi Kevin de Bryuyne, vinger Jek Grilish, shuningdek, himoyachi Jon Stounz va Manuel Akanji haqida ketmoqda.
"Manchester Siti" navbatdagi o‘yinini 23 noyabr, shanba kuni "Tottenxem"ga qarshi o‘tkazadi.