Yamal: «Barselona» afsonasiga aylanmoqchiman»
Kataloniyaning «Barselona» klubining 17 yoshli vingeri Lamin Yamal «ko‘k-anorranglilar» safidagi faoliyati haqida gapirdi.
«Men «Barselona» afsonasi sifatida eslab qolinishni istayman. Men o‘z merosimni qoldirishdan xursand bo‘laman. Bu buyuk klub tarixining bir qismi bo‘lish aql bovar qilmaydigan narsa», - deya 17 yoshli futbolchi so‘zlarini keltiradi Fabrisio Romano.