Xoland navbatdagi "Oltin to‘p"ga ikkinchi da’vogar, Yamal uchinchi o‘rinda
Vinisius Junior "Oltin to‘p" - 2025 uchun asosiy da’vogarlar reytingida yetakchilik qilmoqda.
Aynan "Real Madrid"ning braziliyalik hujumchisi keyingi yili individual sovrinni qo‘lga kiritish uchun eng katta imkoniyatlarga ega - bunday ma’lumotlarni Squawka taqdim etadi. Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni "Manchester Siti"dan Erling Xoland, uchinchi qatorni mos ravishda "Barselona" va "Real"dan Lamin Yamal va Kilian Mbappe egalladi. Beshlikni xuddi shu "Barselona"dan Robert Levandovski yakunlaydi.
Shuningdek, o‘ntalikdan Muhammad Saloh ("Liverpul"), Rafinya Dias ("Barselona"), Jud Bellingem ("Real Madrid"), Xarri Keyn ("Bavariya") va Koul Palmer ("Chelsi") joy olgan.