"Arsenal" boshqa bir top-klub sport direktorini o‘ziga jalb qilmoqchi
Londonning "Arsenal" klubi "Pari Sen-Jermen"da faoliyat yurituvchi Luish Kampushni nishonga oldi.
Oy boshida "kanonirlar" avval sport direktori lavozimida ishlagan Edu Gaspar bilan xayrlashdi. Jurnalist Robin Beyrnerning xabar berishicha, "PSJ"ning amaldagi sport maslahatchisi Kampush ushbu lavozimni egallashi mumkin. London klubi allaqachon mashhur portugaliyalik funksionerga murojaat qilgan.
Luish Kampushning parijliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan, biroq fransuz klubi shartnomani uzaytirmoqchi. Tomonlar o‘rtasida kelgusidagi hamkorlik shartlari bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.