«Barselona» 4 nafar bilan shartnomani uzaytirmoqchi
«Barselona» rahbariyati bir necha o‘yinchilar bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar tarqatdi.
Klub himoyachi Ronald Arauxo hamda yarim himoyachilar Frenki de Yong va Pedri bilan muzokaralarni boshladi. Shuningdek, jamoa keyinchalik Gavi bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Ushbu futbolchilarning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgan.
«Barselona» ayni paytda La liga jadvalida 1-o‘rinda bormoqda.
Manba: football24.ru