"Barselonaa" de Yongga ishonmayapti
"Barselona" Frenki de Yong jamoada qolishni istashiga ishonchi komil emas.
Futbolchining Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" uni uzaytirmoqchi, ammo futbolchining bu qadamga rozi bo‘lishiga ishonchi yo‘q. Pedri, Gavi va Ronald Arauxoga kelsak, bu borada "Barselona" optimistikroq.
De Yong 2023 yil oxirida qilingan taklifga hali javob bermadi. Agar yarim himoyachi buni qabul qilsa, uning daromadi hozirgidan past bo‘ladi. Eslatib o‘tamiz, "Barselona" endi unga nafaqat shartnomada ko‘rsatilgan maoshni, balki koronavirus pandemiyasidan qolgan qarzini ham to‘lamoqda.
Agar De Yong kelasi yozgacha yangi shartnoma imzolamasa, "Barselona" uni 2026 yilda tekinga yo‘qotmaslik uchun uni transferga qo‘yadi.