«Barsa» Gavi va Pedri bilan yangi shartnoma imzolashga ishonmoqda
«Barselona» yarim himoyachilar Gavi va Pedrining klub bilan 2026 yilning yozida tugaydigan shartnomalarini uzaytirishiga ishonch bildirmoqda. Markaziy himoyachi Ronald Arauxo bilan mehnat shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar qiyinroq rejimda davom etmoqda. Bu haqda "Mundo Deportivo" xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Gavi va Pedri shartnomani qayta imzolash istagini bildirgan bo‘lsada, Arauxo bir necha oy oldin Kataloniya klubidan tushgan taklifga haligacha javob bermagan.
Biroq ikki tomon vakillari kelasi hafta uchrashuv o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Blaugrana lageri futbolchidan ijobiy javob kutmoqda. Arauxoning ham «Barselona» bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi.