Kompani Devisni maqtadi
«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani o‘z klubi himoyachisi Alfonso Devis haqida maqtovli fikr bildirdi.
«Ko‘pchilik o‘tgan mavsumda Devis unchalik yaxshi bo‘lmaganini aytishdi, lekin men buni sezmadim. U eng yuqori darajadagi o‘yinchi. U rivojlanishda davom etishi kerak, shunda u mutlaqo boshqa darajaga chiqadi. Bu menga murabbiy sifatida yoqadigan narsa», - dedi Kompani insayder Fabrisio Romanoga.
Eslatib o‘tamiz, bugun tug‘ilgan kunini nishonlayotgan 24 yoshli kanadalikning shartnomasi kelasi yil tugaydi.