Amorim debyut uchrashuvidan keyin Premyer-ligadagi muhitni yuqori baholadi
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim "Ipsvich" bilan 1:1 hisobidagi durangdan so‘ng jurnalistlarning savollariga javob berdi.
"Ajoyib muhit, ajoyib tomosha. Lekin o‘yin boshlanishi bilanoq o‘zimni yana Portugaliyada yoki uchinchi divizionda turgandek his qilaman. Men shu qadar diqqatni jamlaganmanki, atrof-muhit avvalgidek qolaveradi.
Omadingiz bor ekan, axir dunyodagi eng yaxshi ligangiz bor-ku. Men bu yerda bo‘lganimdan xursandman, lekin bugun alohida his-tuyg‘ularni his etmayapman, chunki men o‘yinlarda g‘alaba qozonishni afzal ko‘raman," - deydi Amorim.