Anchelotti Kurtuani zaxirada qoldirmoqchi
«Real» Ispaniya chempionatining «Leganes»ga qarshi mehmondagi o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ispaniya matbuoti darvozabon Tibo Kurtua bir necha hafta oldin olgan jarohatidan tuzalib ketgani haqida yozmoqda. «Defenca Central»xabariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ehtiyotkorlik choralarini ko‘rmoqchi. Italiyalik Kurtua uchun bu mavsumdagi ikkinchi mushak jarohatidan xavotirda. Anchelotti shoshilmoqchi emas, shuning uchun Andrey Lunin «Leganes»ga qarshi o‘ynashi mumkin.
«Leganes» va «Real» o‘rtasidagi o‘yin 24 noyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Uch kundan so‘ng esa Karlo Anchelotti jamoasi Chempionlar ligasida «Liverpul»ga qarshi o‘yin o‘tkazishi kerak.