Fransiya klubi Fayzullayev uchun 15 million yevro taklif qildi
SSKA klubi vingeri Abbosbek Fayzullayev faoliyatini Fransiyaning “Monako” klubida davom ettirishi mumkin.
RB Sport portalining xabar berishicha, monegaskliklar 21 yoshli Fayzullayevni taklif qilishmoqchi. Qayd etilishicha, “Monako” o‘zbek iqtidorini xarid qilish uchun 15 million yevro ajratishga tayyor.
Joriy mavsumda Fayzullayev barcha turnirlarni hisobga olgan holda 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.