Bellingem "Oltin to‘p"ga loyiq futbolchi nomini aytdi
"Real Madrid" xavbeki Jud Bellingem "Oltin to‘p" natijalari haqida fikr bildirdi. Nufuzli mukofotni "Manchester Siti"ning yarim himoyachisi Rodri Ernandes qo‘lga kiritdi.
"Chempionlar ligasidagi g‘alaba biz uchun "Oltin to‘p" bo‘ldi. Men uchun Yevropaning eng yaxshi jamoasida o‘ynashning o‘zi kifoya. Fikrlarim "Oltin to‘p" haqida emas. U haqda shundoq ham ko‘p gapiriladi. Rodri - ajoyib o‘yinchi, lekin mukofotni "Real"dan kimgadir topshirish mantiqan to‘g‘ri bo‘lardi. "Vinicius" "Oltin to‘p"ga loyiq edi", - dedi Bellingem.