Akanji shveysariyalik futbolchilar uchun rekord o‘rnatdi
Yevropa futbolida Chempionlar ligasi guruh bosqichining beshinchi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi, Angliyaning “Manchester Siti” klubi o‘z maydonida “Feyenoord”ni qabul qildi, ammo g‘alaba qozona olmadi o‘yin 3:3 hisobida yakunlandi;
Angliya klubining shveysariyalik himoyachisi Manuel Akanji uchun bu Chempionlar ligasidagi ellik uchinchi o‘yin bo‘ldi va shu tariqa u Yevropaning eng nufuzli klub turnirida shveysariyalik futbolchilar uchun yangi rekord o‘rnatdi.
Yoxan Vogelda bitta o‘yin kam, Yann Sommer 50 ta, Stefan Lixtshtayner va Jerdan Shaqiri esa Chempionlar ligasida 36 tadan o‘yin o‘tkazgan.