Millatlar Ligasi guruh bosqichining eng yaxshi to‘purarlari aniqlandi
Kecha, 19 noyabr kuni UYEFA Millatlar ligasining guruh bosqichi yakunlandi va shunga ko‘ra, eng yaxshi to‘purar ham aniqlandi.
Eng ko‘p golni Lissabonning "Sporting" klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh kiritdi. Hujumchi to‘qqiz bor raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi.
Eslatib o‘tamiz, Shvesiya terma jamoasi o‘z kvartetida birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinda Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland yettita gol urdi va bu skandinaviyaliklarga o‘z guruhida birinchi o‘rinni egallashga va A ligasiga chiqishga yordam berdi.
Uchinchi o‘rinda Ruminiya terma jamoasi hujumchisi Razvan Marin (6) va "An-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu beshta gol bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi.