Gvardiolaning kelajagi haqidagi hujjatlar allaqachon tayyor - insayder
Hammasi Xosep Gvardiolaning "Manchester Siti" bosh murabbiyi lavozimida ishlashda davom etishidan dalolat beradi. Taniqli insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda Gvardiola uchun yangi shartnoma bo‘yicha hujjatlar allaqachon tayyorligini ma’lum qildi. Barcha bandlar tomonlar tomonidan kelishilgan edi.
Avval xabar qilinganidek, Gvardiolaning yangi mehnat shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan. Shartnomada yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati qayd etiladi.
Xosep Gvardiola 2016 yilning yozidan buyon "Manchester Siti"ga murabbiylik qilib kelmoqda. Ayni paytda jamoa Angliya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.