Rodri "Manchester Siti"ga qaysi futbolchini olib kelgan bo‘lar edi?
Ayni damda tizzasidagi jiddiy jarohatidan forig‘ bo‘layotgan yarim himoyachi Rodri “Manchester Siti”ga olib kelmoqchi bo‘lgan futbolchi nomini aytdi. Gap "Atletik" vingeri Niko Uilyams haqida ketmoqda.
"Hozir men, shubhasiz, uni "Manchester Siti"ga olib kelgan bo‘lardim. Toki, u Bilbaoga o‘xshasa ham, Manchesterning sovuqligini his qilsin", - deydi Rodri.
Aytish joizki, o‘tgan yilning yozida mish-mishlar Niko Uilyamsni "Barselona" bilan faol bog‘lagan. Biroq, 22 yoshli futbolchi "Atletik"da qoldi.