Uchta klub Niko Uilyams uchun 150 million yevro to‘lashga tayyor
"Atletik" yozgi transfer oynasidan so‘ng vinger Niko Uilyamsni o‘z safida saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Ko‘rinib turibdiki, 2025 yilda futbolchini qo‘lga kiritish uchun jiddiy kurash bo‘ladi.
Bir qancha top-klublar Uilyams uchun katta miqdorda pul to‘lashga tayyor. TodoFichajes portalining xabar berishicha, “Arsenal”, “Chelsi” va “PSJ” Uilyams uchun 150 million yevro to‘lashga tayyor.
"Barselona" o‘tgan yozda 22 yoshli Uilyamsni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi. Kataloniyaliklar hali ham moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirishmoqda, shuning uchun asosiy masala summada bo‘lsa, "blaugrana" Nikoning transferi uchun kurasha olishi aniq emas.