Ikki superklub Keyn uchun 130 million yevro to‘lashga tayyor
Hujumchi Harri Keyn “Bavariya” safida muntazam ravishda gol urishda davom etmoqda. El Nacional portali xabariga ko‘ra, Keynni ikki superklub o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Bular Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi va Fransiyaning "PSJ" klubi.
Manbaga ko‘ra, ikkala klub ham Keyn uchun katta pul, ya’ni 130 million yevro to‘lashga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Keynning “Manchester Yunayted”ga o‘tishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. 2024/2025 yilgi mavsumda Xarri Keyn "Bavariya" safida barcha musobaqalarda 16 ta rasmiy o‘yin o‘tkazdi. Ularda 31 yoshli angliyalik futbolchi 17 ta gol urdi va sheriklariga 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.