"Bayer" hujumchisi jarohat olganini ma’lum qildi
"Bayer" hujumchisi Patrik Shik "Bavariya"ga (1:0) qarshi o‘yindan so‘ng jarohati borasidagi savolga javob berdi.
"Union"ga qarshi o‘yinda sonimdan zarba oldim, "Bavariya"ga qarshi o‘yinda yana og‘riqni his qildim, boshqa hech narsa deya olmayman, hozircha bilmayman", - dedi Shik.
Shik "Bavariya" bilan o‘yinning tanaffus vaqtida maydonga tushdi, biroq 15 daqiqadan so‘ng almashtirildi.