Brayda: "Pulishich meni hayratda qoldirdi"
Italiyaning "Milan" klubining sobiq sport direktori Ariyedo Brayda Kristian Pulishichni maqtadi.
U Stefano Pioli qo‘l ostida "Milan"ga ko‘chib o‘tdi, ammo yangi bosh murabbiy Paulo Fonseka qo‘l ostida o‘zining foydali ekanligini isbotlashda davom etmoqda.
"Aytishim kerakki, u meni hayratda qoldirdi. Unda Patodan va Donadonidan qolgan nimadir bor. Bugungi futbol boshqacha, u ko‘nikuvchan", - deya Braydaning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.