Dida: "Hamma narsaga qaramay, men "Milan"ning rivojlanishiga ishonaman"
"Milan"ning sobiq darvozaboni, 2000 yillarda Karlo Anchelotti qo‘l ostida klubda o‘ynagan Nelson Dida, "Milan" bu mavsumda unchalik muvaffaqiyatli start olmaganiga qaramay, sezilarli muvaffaqiyatlarga erishishiga ishonadi.
"Chempionat uzoq, oldinda hali ko‘p turlar bor. Menimcha, "Inter" favorit bo‘lib qolmoqda, ammo "Milan" ham uyg‘onmoqda va rivojlanmoqda. Ishonchim komilki, keyingi o‘yinlarda biz ko‘rishni xohlaydigan o‘yinlar bo‘ladi", - deya braziliyalik sobiq darvozabonning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.