Fonseka: "Har bir futbolchiga individual yondashaman"
Italiya chempionatida o‘ninchi tur o‘yinlari boshlandi, “Milan” o‘z maydonida “Napoli”ni qabul qildi va 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Portugaliyalik hujumchi Rafael Leau o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshladi va bu vatandoshi “Milan” bosh murabbiyi Paulo Fonseka bilan o‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaro haqida yana gap-so‘zlar chiqishiga sabab bo‘ldi.
Ammo u buni rad etdi:
"Men tafsilotlarga kirishni xohlamayman. Faqat shuni aytishim mumkinki, har bir futbolchiga individual yondashaman.
O‘rtamizda hech qanday ziddiyat yo‘q", — deya Fonsekaning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.