Fonseka Leuani zaxira o‘rindig‘ida qoldirgani haqida: "Agar bizda muammo bo‘lsa, o‘yinchilarning ismlari menga qiziq emas"
"Milan" bosh murabbiyi Paulo Fonseka "Udineze"ga qarshi uchrashuvda (1:0) jamoa yulduzi Rafael Leauni zaxirada qoldirdi. O‘yindan so‘ng Fonsekaga portugaliyalik futbolchi haqidagi savolga berildi.
"Rafani ko‘rmaslik sizga g‘alati tuyulishi mumkin. Ammo bu norma bo‘lishi kerak. Leauni zaxira o‘rindig‘ida ko‘rish g‘ayrioddiy, ammo men uchun jamoa muhimroq deyish odatiy hol.
"Milan" ba’zi futbolchilarga qaraganda muhimroq. Men Okafor va Chukvezeni maydonga tushirishga qaror qildim, balki ertaga navbat Leauga kelar. Keling, muammo yaratmaylik, chunki muammo yo‘q. Leau kiyinish xonasida hurmatli va baxtli edi, bu men uchun eng muhimi. Biz keyingi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘ryapmiz va ehtimol Leau qaytadi. U yaxshi tayyorgarlik ko‘rishi kerak, chunki bizga Rafa kerak.
Men muammolarga ko‘z yummayman. Men muammolarga duch kelaman va hammaning ko‘ziga qarayman. Kiyinish xonasida o‘ylaganimni yuzma-yuz aytaman. Agar bizda muammo bo‘lsa, o‘yinchilarning ism-shariflari menga qiziq emas. Yetakchilikning kaliti - muammo yuzaga kelganda boshqa tomonga qaramaslikdir. Men shunday qilaman - to‘g‘ridan-to‘g‘ri, jamoa bilan yoki xatoga yo‘l qo‘ygan futbolchilar bilan" - dedi Foneska.