Fonseka: "Men muammolarga ko‘z yummayman"
Paulo Fonseka milanlik futbolchilar bilan jiddiy suhbatlashganiga shama qildi.
Milanliklar ustozi kiyinish xonasida "Fiorentina" bilan o‘yinda penaltidan foydalana olmagan Teo Ernandes va Temmi Abraham bilan suhbatlashdi. Kristian Pulishich asosiy penalti tepuvchi etib tayinlangan bo‘lsada, ular nuqtadan zarba berishdi.
"Futbolchilarga siz o‘ylaganingizdan ham battar gaplarni aytdim. Bu sodir bo‘lgan voqeadan keyin normal holat. Men muammolarga ko‘zlarimni yummayman.
Kiyinish xonasida o‘ylaganimni yuzma-yuz aytaman. Agar bizda muammolar bo‘lsa, o‘yinchilarning nomlari menga qiziq emas. Menejmentda muhim narsa muammo yuzaga kelganda atrofga qaramaslikdir. Men buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri, jamoa yoki xatoga yo‘l qo‘ygan o‘yinchilar bilan qilaman", – dedi murabbiy.