Leau Fonseka bilan mojaro haqidagi mish-mishlarga javob berdi
"Milan" hujumchisi Rafael Leau bosh murabbiy Paulo Fonseka bilan munosabatlari haqida gapirdi.
"Bu mavsum davomida sodir bo‘lishi mumkin. U menga qarshi bo‘lmagani kabi men ham murabbiyga qarshi emasman. Hammasi joyida. Albatta, men zaxirada o‘tirishni yoqtirmayman, lekin u qaror qabul qiladi va men o‘yinchi sifatida ularni hurmat qilishim kerak. Maydonda ekanman, jamoaga yordam berish uchun qo‘limdan kelgan hamma narsani qilishga harakat qilaman", - dedi Leau.
Portugaliyalik futbolchi ushbu mavsumda "rossonerilar" safida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.